"Nasaf" Jaloliddinovga qiziqmoqda. Bu transfer amalga oshadimi?
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov xizmatiga "Nasaf" jamoasi qiziqish bildirmoqda.
SPORTS.uz sayti jurnalist Jaloliddin Qobiljonovning xabar berishicha, "ajdarlar" rahbariyati "Lokomotiv" futbolisini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Ammo bu unchalik oson bo‘lmaydi. Jasur yangi mavsumni "Olimpik" safida boshlashga yaqin turibdi.
Shuningdek, ayni damda yarim himoyachi xorij klublari bilan ham muzokarlar o‘tkazmoqda. Agar transfer amalga oshmasa, u "Olimpik"ka ko‘chib o‘tadi.
JALOLIDDIN QOBILJONOVning telegram kanaliga obuna bo‘ling.

Fikrlar