
"Nasaf" Kozim Aripovning "Ayntraxt"i bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Kecha, Superliganing 14-turi doirasida "Nasaf" o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi. Ushbu uchrashuvga nafaqat muxlislar va jurnalistlarda balki investorlarda ham qiziqish uyg‘otdi.
Germaniyaning "Ayntraxt" klubi aktsiyadorlaridan biri hisoblangan hamyurtimiz Kozim Aripov ham Qarshiga tashrif buyurib, viloyat hokimi Azimov Murotjon Berdialievich bilan uchrashdi. Shuningdek, "ajdarlar" rahbariyati bilan bir qancha masalalarda muzokara o‘tkazdi. Kelajakda ikki jamoa o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazalishi haqida ham kelishib olindi.
Quyida Kozim Aripovning Qarshidagi sarguzashtlarini kuzatishingiz mumkin:
Fikrlar