
"Nasaf" Kumikov jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi
Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" kecha Qozog‘istonning "Qaysar" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Gollarga boy o‘tgan o‘yinda "Nasaf"ning qo‘li baland keldi - 4:2.
Ta’kidlash joizki, "Qaysar"ga "Nasaf"ning sobiq ustozi Viktor Kumikov bosh murabbiylik qilmoqda.
"Nasaf": Oleksandr Vorobey, Zafarmurod Abdirahmatov, Sharof Muhiddinov, Stefan Cholovich, Igor Golban, Husayn Norchaev, Sardorbek Bahromov, Shuhrat Muhammadiev, Suhrob Nurulloev, Bahodir Halilov, Dilshod Murtazoev.
Zaxiradan tushganlar: Azizjon Ahrorov, Davronbek Usmonov, Murodbek Rahmatov, Diyorbek Asomiddinov.
Gollarga Sharof Muhiddinov (dubl), Azizjon Ahrorov va Davronbek Usmonov mualliflik qildilar.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuvdan bir kun oldin "Nasaf" Rossiyaning "Fakel" jamoasi bilan 0:0 o‘ynagan.
Fikrlar