"Nasaf" "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinlarda ustunlik qilmoqda. Ammo Toshkentdagi oxirgi 5 o‘yinda faqatgina bitta durang qayd etgan xolos

  • 17 avgust, 2019, 17:57
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

17-18 avgust kunlari Superligada 17-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Amaldagi chempion «Lokomotiv» 17 avgust kuni o‘z maydonida Qarshining «Nasaf» klubini qabul qiladi. O‘yin 19:15da boshlanadi. "Lokomotiv" matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Turnir jadvalidagi holat

- «Lokomotiv» Superliga turnir jadvalida 31 ochko bilan ikkinchi o‘rinda boryapti. «Temiryo‘lchilar» 16ta o‘yinning 9tasida g‘alaba qozonib, 4 bor durang o‘ynashgan va 3 marta mag‘lub bo‘lishgan. To‘plar nisbati 27-12 (+15).

- «Nasaf» esa turnir jadvalida 27 ochko to‘plab uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Qarshiliklar hisobida 8 g‘alaba, 3 durang va 5 mag‘lubiyat bor. To‘plar nisbati 25-15 (+10).

«Lokomotiv»

- «Lokomotiv» uyda ochko yig‘ish bo‘yicha ham ikkinchi o‘rinda. Jamoa 9ta g‘alabadan ettitasini uydagi o‘yinlarda qo‘lga kiritgan.

- «Lokomotiv» o‘z maydonida yutqazmagan ikki klubdan biri bo‘lib turibdi. Yana biri «Paxtakor». Uydagi bellashuvlarda to‘plar nisbati 21-5.

- «Loko» uydagi o‘yinlarda hammadan kam gol o‘tkazgan, -5ta.

- «Lokomotiv» qatorasiga uchta o‘yindan beri o‘z uyida g‘alabaga erishmoqda. Jamoa «Surxon» (5:1), «So‘g‘diyona» (2:0) va «Dinamo» (2:0)ni mag‘lub etdi.

- «Lokomotiv» shu paytgacha «Nasaf»ga qarshi chempionat doirasida 29 o‘yin o‘tkazib, shundan 10tasida g‘alabaga erishgan

«Nasaf»

- «Nasaf» mehmonda 8-bahsini o‘tkazadi. Bu jamoa safarda ochko yig‘ish bo‘yicha uchinchi o‘rinda boryapti. Qarshiliklar safar o‘yinlarida 11 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

- «Nasaf» safarda ettita uchrashuvdan 3tasida zafar quchib, ikki martadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati 9-8.

- «Nasaf» safarda qatorasiga 4 o‘yindan beri yutqazmayapti. Jamoa hisobida uch g‘alaba va bir durang bor.

- «Nasaf» oxirgi to‘rtta safar uchrashuvida «Surxon» (3:1), «Metallurg» (1:0) va «Buxoro» (1:0)ni mag‘lub etib, «Bunyodkor» bilan 1:1 o‘ynadi.

- Qarshiliklar so‘nggi bor mehmonda «Andijon» jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishgan.

- «Nasaf» shu paytgacha «Lokomotiv»ga qarshi 29 o‘yin o‘tkazib, shundan 14tasida g‘alaba qozongan.

Toshkentda o‘tgan oxirgi 5 o‘yin

2018 yil. «Lokomotiv» - «Nasaf» 3:1

2017 yil. «Lokomotiv» - «Nasaf» 2:1

2016 yil. «Lokomotiv» - «Nasaf» 3:2

2015 yil. «Lokomotiv» - «Nasaf» 1:0

2014 yil. «Lokomotiv» - «Nasaf» 1:1

Ko‘rib turganingizdek, «Lokomotiv» maydonida bo‘lib o‘tgan oxirgi beshta uchrashuvning to‘rttasida «temiryo‘lchilar» g‘alaba qozongan. Faqat bitta bahs durang natija bilan yakun topgan. To‘plar nisbati 10-5.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!