"Nasaf" mavsumni qolgan klublardan ertaroq boshlaydi

  • 15 dekabr, 2022, 18:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi 2022 yilgi mavsumida ishtirok etib, guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan "Nasaf" klubining pley-offdagi o‘yini sanasi aniq bo‘lgandi.

Tecno

Qarshiliklar 19 fevral sanasida Qatarda nimchorak final uchrashuvini o‘tkazadi. Qatar mezbonligida o‘tadigan bahsda vakillarimizga Saudiya Arabistonining "Al-Shabab" jamoasi raqiblik qiladi. Shu tariqa, "ajdarlar" mavsumni Superliganing qolgan klublaridan ertaroq boshlaydi.

Agar Berdiev shogirdlari o‘z yurishini muvaffaqiyatli davom ettira olsa, arab diyorida 26 fevralgacha qolishi mumkin. Ushbu bellashuv 26 fevralga belgilangan. O‘zbekiston Superkubogi ham shunga yaqin sanada bo‘lib o‘tadi va unda qarshiliklar ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, "Nasaf" O‘zbekiston kubogida zafar quchib, Superligada 3-o‘rinni band etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!