"Nasaf" murabbiyi: "So‘g‘diyona" bilan o‘yin biz kutgandek o‘tmadi"

  • 28 may, 2023, 22:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 12-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Nasaf" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "Nasaf" yordamchi murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tomoshabop uchrashuv guvohi bo‘ldik. “So‘g‘diyona” yaxshi taassurot qoldirdi. Jizzaxliklar qatorasiga 4 ta bahsda g‘alaba qozonib kelayotgan edi. Shu sabab bellashuvga jiddiy tayyorlandik.

Ilk daqiqalarda o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqqan bo‘lsak ham, tushkunlikka tushmasdan hisobni o‘zgartira oldik. O‘yin biz kutgandek o‘tmadi. Shunday bo‘lsada, natijaga erishdik va 3 ochkoni qo‘lga kiritdik", - dedi qarshiliklar murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!