"Nasaf" "Navbahor" etakchisiga qiziqish bildirmoqda
"Navbahor" jamoasi etakchilaridan biri Abbos G‘ulomovga Superliganing naqd 5 ta jamoasidan takliflar bo‘lmoqda.
SPORTS.uz sayti jurnalisti Oybek Yuldoshevga ma’lum bo‘lishicha, ular orasida Qarshining "Nasaf" jamoasi favorit bo‘lib turibdi. 27 yoshli futbolchining o‘zi hali bir qarorga kelmagan.
Ma’lumot uchun, G‘ulomov joriy mavsum Superligada 29 o‘yin (2280 daqiqa) o‘tkazib, 10 gol urdi va ikki bora sheriklarining goliga assist berdi. Futbolchi joriy mavsum yil kashfiyoti mukofoti uchun nomzodlar qatoriga ham kirdi. Uning "lochinlar" bilan shartnomasi joriy yilning 31 dekabr kuni yakunlanadi.
Fikrlar