
“Nasaf” OChL da ishtirok etish uchun Iordaniya sari otlandi
“Nasaf” jamoasi OChL 1-turida safarda Iordaniyaning “Al-Faisaliy” jamoasi bilan bellashadi.
Iordaniya sari otlangan "ajdarlar" bugun Turkiyaning Antaliya shahriga etib keldi "Titanic deluxe golf resort" mehmonxonasiga kelib joylashdi. Qarshi klubi Antaliyada mashg‘ulot o‘tkazib, 17 sentyabr kuni Iordaniyaning Amman shahriga uchib ketadi. 14 sentyabr kuni MTJ tarkibida bo‘lgan "Nasaf" a’zolari ham jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Al-Faisaliy” — “Nasaf” uchrashuvi 18 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.
Fikrlar