
"Nasaf" Oliy ligada "Neftchi"ga qarshi debyut qilgan (prevyu)
"Nasaf" Superliganing qoldirilgan 8-turida Farg‘onada “Neftchi” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Bellashuv 2-iyul kuni soat 20:00 da start oladi.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlar doimo qiziqarli bo‘lgan. Qarshi jamoasi O‘zbekiston Oliy Ligasida aynan “Neftchi” jamoasiga qarshi katta futbolda debyut uchrashuvini o‘tkazgan.
“Neftchi” jamoasi bilan o‘zaro uchrashuvlardagi faktlar bilan tanishing:
Jamoalar O‘zbekiston chempionatida hozirga qadar 48 bor kuch sinashishgan. Bo‘lib o‘tgan 20 uchrashuvda “ajdarlar”, 17 o‘yinda esa farg‘onaliklar g‘alaba qozonishgan. 11 uchrashuvda esa tomonlar murosaa ko‘chasini tanlashgan.
To‘plar nisbati 64:54 ga teng. Ustunlik qarshiliklar tomonida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Neftchi” 4:1, “Neftchi” – “Nasaf” 4:0.
E’tiboringizga Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv natijalarini havola etamiz:
22.06.2022 Neftchi — Nasaf 1:1
22.09.2018 Neftchi — Nasaf 3:1
01.03.2018 Neftchi — Nasaf 0:0
13.10.2017 Neftchi — Nasaf 0:3
21.06.2016 Neftchi — Nasaf 2:2
“Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati.
Fikrlar