"Nasaf" oxirgi marta qachon 5:0 hisobida g‘alaba qozonganini bilasizmi? (qiziqarli faktlar)

CHERY AUTO

Kecha Superliga 9-tur uchrashuvlari davom ettirilganidan xabaringiz bor. Unda "Navbahor" - "Neftchi", "Nasaf" - "Qizilqum" va "Metallurg" - "Dinamo" o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Ushbu bellashuvlar yakuniga etgach, O‘zPFL matbuot xizmati ayrim qiziqarli faktlarni keltirib o‘tdi. Marhamat, quyida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

1. "Nasaf" so‘nggi marta 233 kun oldin 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. 2021 yil 27 sentyabr kuni qarshiliklar "Bunyodkor" darvozasiga javobsiz 5 ta gol kiritgan edi.

2. "Qizilqum" so‘nggi bor "ajdarlar"ni 1285 kun oldin mag‘lub etgan (2:0, 10 noyabr 2018 yil).

3. "Neftchi"ning golsiz seriyasi 350 daqiqaga etdi. Farg‘onaliklar so‘nggi bor 6-turda "Dinamo" darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

4. "Neftchi" va "Dinamo" qizil kartochkalar soni bo‘yicha joriy mavsum Superligada peshqadam bo‘lib turibdi. Ortda qolgan uchrashuvlar davomida ushbu jamoalarning 3 tadan futbolchisi maydondan chetlatildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!