
"Nasaf" O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
"Nasaf" yangi mavsumga transferlar bo‘yicha tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Qarshiliklar yozdagi muvaffaqiyatsiz transferlardan so‘ng tarkibni kuchaytirish uchun xorijdagi mahalliy futbolchilarimizga ham e’tibor qaratmoqda.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "ajdarlar" O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Bobir Abdiholiqovni ko‘zlab qo‘ygan. O‘tgan mavsum "Ordabasi" bilan Qozog‘iston chempionligini qo‘lga kiritgan Bobir yana sobiq jamoasiga qaytishi mumkin.
Fikrlar
Уйдагилар сени кутяпти