
"Nasaf" Qarshida "Andijon"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Hozirgina Superliga 22-turidan o‘rin olgan oxirgi uchrashuv yakunlandi. "Nasaf" Qarshida "Andijon"ni qabul qildi va raqib darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib yirik hisobda zafar quchdi.
Humoyun Murtozaevning dubli va Oybek Bozorovning oxirgi daqiqada kiritgan goli mezbonlarga g‘alaba taqdim etdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng qarshiliklar turnir jadvalida bir pog‘ona yuqorilashdi.
Fikrlar