"Nasaf" tayyorgarlikni davom ettirmoqda. 2 etakchi tarkibga qaytdi!

  • 17 yanvar, 2022, 18:49
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum O‘zbekiston Kubogida zafar quchgan "Nasaf" qishki tanaffusdagi ikkinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi.

"Ajdarlar" yangi mavsumga tayyorgarlikni 3 yanvardan boshlagan edi. Tayyorgarlikning birinchi qismi so‘ngida futbolchilar "Buxoro" jamoasi bilan kuch sinashib, 2:2 hisobidagi durang qayd etgandi. Shundan so‘ng futbolchilar 3 kunlik kichik ta’tilga chiqishgandi.

"Ajdarlar" bugundan yana Qarshidagi qarorogohda yig‘ilib, mashg‘ulotlarga kirishdi. Shuningdek, jamoa mashg‘ulotlariga Marko Stanoevich va Husain Norchaev ham kelib qo‘shildi.

photo_2022-01-17_18-40-47

photo_2022-01-17_18-40-53

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бруно
18/01/2022 10:31
Мана энди иккита таркиб булидти хаммаси ўз тарбияланувчилари маркодан ташқари респект
&
Бруно
18/01/2022 10:28
Академиядан яна боллар олинибдида яшаворе насаф