“Nasaf”ning OChL 3-turidagi raqibi 5:0 hisobida g‘alaba qozondi

  • 25 fevral, 2018, 21:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Qatar Yulduzlar ligasida 18-tur o‘yinlari davom ettirildi. Qarshining “Nasaf” klubining OChL 3-turidagi raqibi – “Al Sadd” jamoasi bu tur o‘z maydonida “Al Axli”ni qabul qildi.

Tecno

Mazkur o‘yinda Jezualdo Ferreyra boshqaruvidagi “Al Sadd” 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Al Sadd” jamg‘argan  ochkolar soni 46 taga etdi va ikkinchi o‘rinda borishmoqda. Xabi to‘p tepadigan jamoa “Lokomotiv”ning 3-turdagi raqibi bo‘lgan “Al Duxail” jamoasidan 2 ochkoga ortda bormoqda.

Qatar Yulduzlar ligasi. 18-tur

“Al Sadd” – “Al Axli” 5:0

Gollar: Bag‘dod Bunedja (5, 58, 76, 82), Xamrun (90+2).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!