"Nasaf"ning "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘yini Qo‘qonda bo‘ladi. Nega?

  • 21.08.2019 13:28
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qo‘qondagi "Markaziy" stadionining chimi yangilangani bois "Qo‘qon-1912" jamoasi Superliganing 1-davra o‘yinlarining aksariyatini safarda o‘tkazganidan xabaringiz bor. Shu jumladan 9-turdan o‘rin olgan "Nasaf" jamoasiga qarshi o‘yin ham, tomonlarning kelishuviga ko‘ra, Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Endi jamoalarning 18-tur doirasidagi uchrashuvi Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 27 avgust kuni 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!