
Navas uchun MYu va PSJ jiddiy kurash boshladi
Madridning "Real" klubi darvozaboni Keylor Navas uchun ikki grand klub kurash boshladi.
AS nashrining yozishicha 32 yoshli kosta-rikalik posbonni PSJ va "Manchester Yunayted" o‘z safida ko‘rmoqchi. Parijliklar uni jamoadan ketgan Janluiji Buffonga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda. O‘z navbatida “qizil iblislar” ham ketish arafasida turgan David de Xea o‘rniga aynan Navas nomzodini ilgari surishmoqda.
Ma’lumot uchun, Navas “Real” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U yakunlangan mavsum La Ligada 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 8ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar