"Navbahor" – "Paxtakor" o‘yinida xorijlik hakamlar ishlaydimi?

  • 25 avgust, 2022, 14:17
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 17-turida "Navbahor" o‘z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi. Saytimiz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning "Telegram" kanalida ma’lum qilishicha, ushbu bahsda xorijlik hakamlar brigadasi ishlaydi.

Tecno

"Navbahor" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuvda xorijlik hakamlar brigadasi ishlashi mumkin. Bizga ma’lum bo‘lishicha, mahalliy referilar "yil o‘yini"da ishlamaydi.

Uchrashuvning qadri baland bo‘lgani bois, neytralitetlikni ushlab qolish maqsadida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qarorni 100 foiz qo‘llab-quvvatlayman. Agar eshitganimiz rost bo‘lib chiqsa, UFA va PFL joriy mavsumni 100 foiz "qutqarib" qolgan bo‘ladi.

Muxlislarning noroziligi o‘z yo‘liga. Ancha yillardan beri superligamizda kuzatilmagan intrigani birgina qaror evaziga so‘ndirib qo‘ymaslik juda muhim. Barchasi biz taxmin qilgandek bo‘lsa, UFA va PFLning qarori oldida shlyapamizni echamiz", - deya yozib qoldirdi Ulug‘xo‘jaev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Nosirov
25/08/2022 16:36
Хамма уйинларга хам четдан хакам олиб келинглар
Жабборов Ахмаджон
25/08/2022 14:29
Pflni endi esi kiripti.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
25/08/2022 14:25
hali hammasi 2 davrani ohiriga hal buladi. lekin chetdan sudiya kelsa yahshi bulardi ortiqcha etiroz bulmasdi. Navbahor muhlislari. 30 foiz uyinga ustunlikni olib bersa. uyinchilari. 30 foiz qushsa Navbahorga ustunlik tarafka. lekin uyin taraflama Pahtakor kuchli Navbahor ochigi hali chempionat boshlangandan beri aytarli uyinni kurmadim. kupincha ijrochilarni harakati hal qilapti. jamoaviy qandayder taktika. yuq. Navbahorga qarshi huddi uzini uyinni qilgan kamanda yutib ketadi. lekin
&
sobitxon
25/08/2022 21:12
Yaxshi bulardi narmanniro xakam kelsa aynan juda yaxshi buladi deb uylayabman bizdagi xakamlar boshqa uyinlarda tajriba orttiraversin bunaqa uyinlarda 85% poytaxt jamoalariga yon bosadi uzimizni xakamlar ko'p jabrini chekkanmiz..
&
Пахтакор бос
25/08/2022 17:36
Тўппа- тўғри қарор бўлибти, ПФЛ хар хил норозиликдан халос бўлибти, бизани судьялар катта аудитория босимини кўтара олмий, парот қилиб қўяди!
&
Zulunov Abdumutallib Adilovich
25/08/2022 16:09
Бу фикирга қўшилмайман шундай ўйинларни бошқариб тажриба тўплайди хакамларимиз. Катта пул тўлаб четдан хакам ёллагандан Иккала клубимизни розилиги асосида юртимиздаги хакамлардан бири ўйинни бошқарса яхши бўлар эди. Бу менинг шахсий фикрим
Pubg_d1yor
25/08/2022 14:56
HaaKeraka
&
● 10 ●
25/08/2022 16:21
ПФЛ ахмокона иш тутибди. Дунё футболи оммаси узбек хакамларини мактаб турган вактда, бизни ПФЛни килган ишини каранг. Узбек хакамларини рейтингини тушуриб юборадику бу иши.
&
Zulunov Abdumutallib Adilovich
25/08/2022 16:05
Бази бир ақиллилар Бабаян у судияларни хам сотиб олган дейишдан ўзини тўхтатиб тура олмайди