
"Navbahor" - "Paxtakor" o‘yini uchun chiptalar narxi arzonlashdi
O‘zbekiston Coca Cola Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” bahsi uchun chiqarilgan chiptalar bugun soat 14:00 dan boshlab, “Markaziy” o‘yingoh kassalarida sotuvga chiqadi.
Chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 30 000 so‘m etib belgilangan, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, chempionat doirasida o‘tkazilgan "Navbahor" - "Paxtakor" o‘yini uchun chiptalar 50 000 so‘m etib belgilangandi. Demak, Kubok uchrashuviga narxlar biroz arzonlashtirildi.
Eslatma: “Navbahor” – “Paxtakor” o‘yini 2 sentyabr kuni soat 20:00 da start oladi.
Fikrlar