"Navbahor" - "Qizilqum" o‘yini qoldirildi

  • 22.01.2021 20:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jamoalarimiz yangi mavsum uchun qizg‘in tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Poytaxtda mashg‘ulot o‘tkazayotgan "Navbahor" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi kerak edi. Namanganliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bahs qoldirilgan.

"Ayni paytda o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini poytaxtimiz Toshkentda olib borayotgan "Navbahor" mazkur yig‘in doirasidagi ikkinchi o‘rtoqlik bahsini ertaga poytaxtimizdagi "Jar" stadionida Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga qarshi o‘tkazishni rejalashtirgandi. Ammo noqulay ob-havo sababli, ushbu o‘rtoqlik o‘yini qoldirildi",-deya xabar berdi klub "Telegram" kanali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!