"Navbahor" - "Qo‘qon-1912" o‘yini Farg‘onada bo‘ladi
Superliganing 1-turidan o‘rin olgan "Navbahor" hamda "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi "Vodiy derbisi" Farg‘ona shahridagi "Istiqlol" stadionida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Namangan shahridagi "Navbahor" stadionida ta’mirlash ishlari davom etayotganligi bois, "Navbahor" jamoasi rahbariyati dastlabki tur uchrashuvini Farg‘ona shahrida o‘tkazishga qaror qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" o‘yini 10 mart kuni, soat 16:00da start oladi.

Fikrlar