
"Navbahor" - "Sho‘rtan": O‘zaro o‘yinlarda ustunlik kim tomonda?
O‘zbekiston Superligasining 5-turi doirasida "Navbahor" o‘z maydonida G‘uzorning “Sho‘rtan” klubini qabul qiladi. G‘uzorliklar 7 yillik tanaffusdan so‘ng, yana Superligaga qaytishdi.
Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kungacha o‘zaro 24 marta ro‘baro‘ kelishgan. O‘tkazilgan bahslarning 12 tasida "lochinlar" yutuqqa erishgan bo‘lsa, 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 8 ta o‘yinda esa “Sho‘rtan” zafar quchgan. To‘plar nisbati – 38-34, “Navbahor” foydasiga.
Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda namanganliklarning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 4:0 hisobi qayd etilgan bellashuv bo‘lib, “lochinlar” 2010 yilgi mavsumda o‘z maydonlarida shu hisobda zafar quchishgan.
G‘uzorliklarning “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi ham 4:0 hisobi bilan yakunlangan uchrashuv bo‘lib, “Sho‘rtan” 2010 yilda o‘z maydonida shunday hisobda zafar quchgan.
O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 40 ochkoni, g‘uzorlikliklar esa 28 ochkoni qo‘lga kiritishgan.
Namanganda o‘tkazilgan 12 ta uchrashuvning 8 tasida “Navbahor”, faqatgina 1 tasida “Sho‘rtan” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan.
“Navbahor” o‘z maydonida o‘tkazilgan bahslarda g‘uzorliklar darvozasiga 23 ta gol urib, o‘z darvozasidan 11 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Namanganda o‘tkazilgan barcha uchrashuvlar:
2005 yil
“Navbahor” – “Sho‘rtan” – 3:2
2006 yil
“Navbahor” – “Sho‘rtan” – 3:2
2007 yil
“Navbahor” – “Sho‘rtan” – 2:1
2008 yil
“Navbahor” – “Sho‘rtan” – 0:0
2009 yil
“Navbahor” – “Sho‘rtan” – 2:1
2010 yil
“Navbahor” – “Sho‘rtan” – 4:0
2011 yil
“Navbahor” – “Sho‘rtan” – 0:0
2012 yil
“Navbahor” – “Sho‘rtan” – 1:1
2013 yil
“Navbahor” – “Sho‘rtan” – 0:1
2015 yil
“Navbahor” – “Sho‘rtan” – 4:2
2016 yil
“Navbahor” – “Sho‘rtan” – 3:1.
2017 yil
“Navbahor” – “Sho‘rtan” – 1:0.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Sho‘rtan” bahsi bugun, 11 aprel kuni Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionida soat 20:15 da start oladi.
Fikrlar