"Navbahor" - Superligadagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi

  • 12 dekabr, 2023, 19:26
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni paytda milliy chempionatimizda mavsumlar oralig‘idagi tanaffus payti yuzaga keldi.

Tecno

“Navbahor” klubi matbuot xizmati mavsum-2023ga oid statistik raqamlarni taqdim etdi. 

Superligasining ortda qolgan mavsumida jamoa 26 o‘yinda 14 g‘alaba, 5 durang va 7 mag‘lubiyatni qayd etdi.

Raqiblar darvozasiga 44 ta gol urgan holda, o‘z darvozasidan 19 ta to‘p o‘tkazib yubordi va bu Superligadagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

“Navbahor” mavsum – 2023 da jami 47 ochko to‘plab, o‘z tarixida 10-marta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joizki, “Navbahor” yakunlangan mavsumda o‘z darvozasidan eng kam to‘p o‘tkazib yuborgan va eng yaxshi himoyaga ega 3 ta jamoadan (“Nasaf”, 16 va “Neftchi”, 18 bilan birgalikda) biri bo‘ldi.

O‘z o‘rnida Samvel Babayan shogirdlarining o‘tkazilgan 26 ta o‘yindan 13 tasida, ya’ni teng yarmida o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborishmaganini ham aytish lozim.

Albatta, bunday ijobiy natijani qayd etishda “Navbahor”ning tajribali darvozaboni hamda sardori O‘tkir Yusupov bilan birga himoyachilarning ham munosib hissalari bor.

Yana shuni ham ta’kidlash joizki, jamoa yakunlangan mavsumda o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan 13 ta bellashuvdan 9 tasida g‘alaba qozonib, 2 ta o‘yinda durangga erishib, 2 ta bahsda chempion hamda vitse-chempionga imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, “lochinlar” 26 ta o‘yindan 7 tasida yirik hisobda g‘alaba qozonishgani, ulardan 6 tasida esa darvozalari daxlsizligini saqlab qolishganini ham aytish lozim.

"Lochinlar" 26 bahsda raqiblar darvozasiga 44 gol urishdi. Bu esa har bir o‘yinga 1,69 tadan gol to‘g‘ri keladi, degani.

Quyida “Navbahor”ning Superliga – 2023 dagi barcha uchrashuvlari natijalari va o‘sha o‘yinlardagi gollar mualliflari e’tiboringizga havola etilmoqda.

Superliga. 1-tur. 4 mart (shanba)

“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0 (1:0)

Gollar: Jamshid Boltaboev (19), Igor Golban (73), Shohruz Norxonov (75).

Superliga. 2-tur. 11 mart (shanba)

“Navbahor” – “Metallurg” – 3:0 (2:0)

Gollar: Jamshid Boltaboev (38), Jasurbek Yaxshiboev (42), Jamshid Iskanderov (90+2).

Superliga. 3-tur. 17 mart (juma)

“Paxtakor” - “Navbahor” – 2:1 (1:1)

Gollar: Farrux Sayfiev (2), Dragan Cheran (68) - Temurxo‘ja Abduxoliqov (23-pen.).

Superliga. 4-tur.1 aprel (shanba)

“Navbahor” - “So‘g‘diyona” – 3:0 (2:0)

Gollar: Milosh Milovich (13), Oston O‘runov (25), Shahboz Jo‘rabekov (51).

Superliga. 5-tur. 9 aprel (yakshanba)

OKMK – “Navbahor” – 2:1 (0:0)

Gollar: Shahboz Jo‘rabekov (64-avt.), Ruben Sanches (75) – Jamshid Iskanderov (57-pen.).

Superliga. 6-tur. 14 aprel (shanba)

“Navbahor” – “Andijon” - 1:0 (0:0)

Gol: Temurxo‘ja Abduxoliqov (65).

Superliga. 7-tur. 23 aprel (yakshanba)

“Turon” – “Navbahor” - 0:2 (0:0)

Gollar: Yovan Jokich (47), Oston O‘runov (63).

Superliga. 8-tur.1 iyul (shanba)

“Navbahor” – “Buxoro” - 1:0 (0:0)

Gol: Milosh Milovich (81).

Superliga. 9-tur. 7 may (yakshanba)

“Nasaf” – “Navbahor” – 0:0

Superliga. 10-tur. 14 may (yakshanba)

“Navbahor – “Surxon” - 1:0 (1:0)

Gol: Jasur Yaxshiboev (42-pen.).

Superliga. 11-tur. 22 may (dushanba)

“Bunyodkor” – “Navbahor” – 1:5 (0:5)

Gollar: Jasurbek Hakimov (76) – Jamshid Boltaboev (14), Igor Golban (20), Abrorbek Ismoilov (22), Oston O‘runov (28,37).

Superliga. 12-tur. 28 may (yakshanba)

“Navbahor” – “Olimpik” - 2:1 (1:0)

Gollar: Jamshid Iskanderov (43), Oston O‘runov (50) - Ruslanbek Jiyanov (90+3).

Superliga. 13-tur.25 iyun (yakshanba)

“Neftchi” – “Navbahor” - 0:0.

Cuperliga. 14-tur. 30 iyul (yakshanba)

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:2 (1:1)

Gollar: Islom Kenjaboev (14-pen.) - Jamshid Boltaboev (3), Jasurbek Yaxshiboev (60).

Cuperliga. 15-tur. 4 avgust (juma)

“Metallurg” – “Navbahor” -1:1 (0:1)

Gollar: Zabihillo O‘rinboev (90+6) - Ibrohim Yo‘ldoshev (22).

Superliga. 16-tur. 10 avgust (payshanba)

“Navbahor” – “Paxtakor” – 1:2 (0:2)

Gollar: Toma Tabatadze (68) - Dragan Cheran (30), Muhammadqodir Hamraliev (44).

Superliga. 17-tur. 26 avgust (shanba)

“So‘g‘diyona” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)

Gollar: Samandarjon Mavlonqulov (16), Lupcho Doriev (81) – Oston O‘runov (67).

Superliga. 18-tur. 30 avgust (chorshanba)

“Navbahor” – OKMK - 0:0

Superliga. 19-tur. 23 sentyabr (shanba)

“Andijon” – “Navbahor” – 2:1 (0:1)

Gollar: Ilhomjon Alijonov (54), Suhrob Berdiev (90+4) – Abrorbek Ismoilov (2).

Superliga. 20-tur. 28 sentyabr (payshanba)

“Navbahor” – “Turon” – 5:0 (2:0)

Gollar: Filip Ivanovich (23), Jasurbek Yaxshiboev (45+3), Oston O‘runov (51-pen., 66-pen.), Asadbek Sobirjonov (90+3).

Superliga. 21-tur. 8 oktyabr (yakshanba)

“Buxoro” – “Navbahor” – 0:3 (0:1)

Gollar: Jamshid Iskanderov (33), Asadbek Sobirjonov (88), Temurxo‘ja Abduxoliqov (90+3).

Superliga. 22-tur. 30 oktyabr (dushanba)

“Navbahor” – “Nasaf” – 0:1 (0:0)

Gol: Mateus Lima Kruz (74).

Superliga. 23-tur. 27 oktyabr (juma)

“Surxon” – “Navbahor” - 1:2 (0:1)

Gollar: Sunnatilloh Hamidjonov (57) - Doniyor Abdumannopov (2), Oston O‘runov (82).

Superliga. 24-tur. 11 noyabr (shanba)

“Navbahor” – “Bunyodkor” – 3:0 (1:0)

Gollar: Toma Tabatadze (10), Yovan Jokich (72, 84).

Superliga. 25-tur. 24 noyabr (juma)

“Olimpik” – “Navbahor” - 2:1 (1:0)

Gollar: Ibrohim Ibragimov (44), Sherzod Esanov (87) – Toma Tabatadze (89).

Cuperliga. 26-tur. 1 dekabr (juma)

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1 (0:1)

Gollar: Milosh Milovich (68) – Mirzohid G‘ofurov (39).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!