"Navbahor" bir qator futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazadi

  • 10 iyul, 2021, 12:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni paytda Superligada davralar oralig‘idagi tanaffus yuzaga keldi. Shuningdek, 5 iyuldan yozgi transfer “oynasi” ochildi.

Tecno

“Navbahor” jamoasi a’zolari Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Andijon”ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng, bir haftalik ta’tilga chiqishgandi.

“Lochinlar” 2-davra bahslariga tayyorgarlikni bugundan o‘z qarorgohlarida boshlashadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, mazkur tayyorgarlik jarayonida bir qator yangi futbolchilarning ham ko‘rikdan o‘tishlari kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "lochinlar" Superliganing 13-turidan o‘rin olgan bahsni 1 avgust kuni o‘tkazadi va ushbu sanada “Qo‘qon-1912” mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!