"Navbahor" braziliyalik bilan 2, bolgaliyalik va serbiyalik futbolchilar bilan yil oxirigacha shartnoma imzoladi

  • 30 iyul, 2021, 14:11
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlar mavsumida Superliga klublari o‘z tarkiblarini kuchaytirish bilan ovvora. Jamoalar kerakli futbolchilar bilan shartnomalar imzolamoqda. PFL matbuot xizmati "Navbahor" klubiga oid transfer yangiliklarni taqdim etdi.

"Navbahor" FK quyidagi futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazdi:

Ibrohim G‘anixonov ("Lokomotiv") — yil oxirigacha ijara
Boyan Siger (Serbiya) — 2021 yil oxirigacha
Boyan Naydenov (Bolgariya) — 2021 yil oxirigacha
Ilhomjon Alijonov ("Yangier") — 2022 yil oxirigacha
Kosta Tenerio Guttiner (Braziliya) — 2023 yil oxirigacha.

Quyidagi futbolchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi:

Nikola Tasich
Slavisha Stoyanovich
Bahromjon Turg‘unpo‘latov
Bahrom Abdurahimov
Marko Putinchanin.

"Navbahor" FK, shuningdek, Sherzod G‘ulomjonov, Ilhom Aliboev, Farhod Mirahmatov kabi futbolchilarni vaqtincha ro‘yxatdan chiqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!