"Navbahor-Farm" 0:2 ni 3:2 ga aylantirgan o‘yindan keyin Rashid G‘ofurov qanday izoh berdi?

  • 1 oktabr, 2023, 11:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor-farm” – “Yunired” (3:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbon jamoa murabbiyi Rashidjon G‘ofurov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Tecno

Mezbonlar ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Uchrashuvning jangovar ruhda kechishini bilgandik. Boisi, Namanganga kelgan har qanday jamoa garchi ochkolar unchalik muhim bo‘lmasa-da, o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ymasa-da, ochko olishga intiladi. Shunday bo‘lsa-da, o‘z darvozamizdan ikkita tezkor to‘p o‘tkazib yuborishimizni kutmagandik. Lekin yigitlarning vaziyatni o‘zgartirishlariga ishonchim komil edi va buni shogirdlarim tanaffusgacha uddalashdi. Mabodo, 1-bo‘lim davomida 3 ta gol urmaganimizda, jamoamizga qiyin bo‘lardi. 

- Bahsning 12-daqiqasidayoq jamoangiz raqibga ikkita to‘p farqi bilan imkoniyatni boy berayotgandi. Bunday vaziyatlarda esa mag‘lubiyatga uchrayotgan  jamoa futbolchilarini ruhan “sinib qolishadi”. Ushbu vaziyatdan shogirdlaringizni qanday olib chiqib keta oldingiz?

- Farm jamoamiz bilan bunday holatlar avval ham yuz bergan, 0:2 hisobida ortda borayotib, yakunda 4:2 hisobida g‘alaba ham qozonganmiz. To‘g‘ri, bunday vaziyatlar futbolchilarning ruhiyatlariga ta’sir o‘tkazadi. Ammo yigitlarga ruhan dalda bergan holda, hali vaziyatni o‘nglash uchun etarlicha vaqt borligi, endigina o‘yinning 12 daqiqasi o‘tganligini uqtirib, ularni oldinga chorladim. Bu esa o‘z samarasini berib, yakunda 3:2 hisobida g‘alaba qozondik. Buning uchun shogirdlarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

-  Jamoangiz bugun kambekni amalga oshirib, 0:2 hisobini 3:2 aylantira oldi. Shogirdlaringiz raqib darvozasiga 3-golni urishganidan so‘ng, qanday hissiyotlarni boshdan kechirdingiz?

- Albatta, bunday yutuqning qiymati yuqori bo‘ladi. Boisi, 5:0 hisobida zafar quchgandan, hisobda ortda borayotib, keyin g‘alaba qozonishning gashti o‘zgacha bo‘ladi, baribir. Yigitlar 3-to‘pni kiritishganidan keyin hissiyotlar o‘zgacha bo‘ldi. Boisi, Pro ligada o‘rnimizni saqlab qolish uchun mazkur o‘yinda jamoamizga g‘alaba suv va havodek zarur edi hamda buni uddalaganimizdan xursandman.

- Pro liganing joriy mavsumi o‘z yakuniga etib bormoqda. Mazkur liganing bu yilgi bahslari borasidagi fikringiz qanday?

- Birinchi liga bilan Pro liganing orasida ancha farq bor ekan. Jamoamiz 1-ligada ham dastlabki mavsumida shunday qatnashgandi. Birinchi mavsumda ligaga moslashib, ikkinchi mavsumdayoq Pro liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimizga oz qolgandi. Uchinchi mavsumda esa ushbu niyatimizga etdik.

Pro ligadagi ilk mavsumimizdayoq shunga amin bo‘ldimki, har qanday jamoaga munosib qarshilik qarshilik ko‘rsatsa bo‘ladi. Bu yil jamoamiz uchun Pro ligaga moslashish mavsumi bo‘ldi.

Xudo xohlasa, kelasi mavsumda “Navbahor-farm” Pro ligada o‘zgacha o‘yin namoyish etadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!