"Navbahor" futbolchisi nega Rossiyaga ketdi? - No‘’mon Hasanovdan javob

  • 3 noyabr, 2020, 17:29
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Soca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” - “Navbahor” (0:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Navbahor” murabbiyi No‘’mon Hasanov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Bu haqda namanganliklar matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Uchrashuv yaxshi maydonda, chiroyli tarzda kechdi. Garchi asosiy tarkibning 5 nafar futbolchisi maydonga tushmagan bo‘lsa-da, yigitlar ko‘rsatmalarimni yaxshi bajarib, chiroyli o‘yin namoyish etishdi. Birinchi bo‘limda jamoamizda ko‘plab xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, yigitlar negadir gol ura olishmadi. Hattoki, bo‘sh darvozaga ham to‘p kirmadi. Shunday bo‘lsa-da, Xudoga shukr, Namanganga g‘alaba bilan qaytyapmiz.

Ushbu yutuqni muxlislar, jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgan Namangan viloyat hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” homiylariga bag‘ishlaymiz. Mazkur g‘alaba ular uchun bayram bo‘ldi.

- Jamoaning tajribali himoyachisi Igor Golbanni Rossiyaga jo‘nab ketgani haqida eshitdik. U milliy terma terma jamoamizning yig‘iniga qadar etib keladimi?

- Igor Golbanga “Bunyodkor” bilan bo‘lgan o‘yinda g‘alaba qozonsak, uyiga ruxsat berishimni va’da qilgandim. Chunki, u 8 oydan beri uyiga borgani yo‘q. Shu bois, va’damning ustidan chiqdim. Golban milliy terma jamoa yig‘iniga albatta etib keladi.

- Azizbek Turg‘unboevning o‘yini borasidagi fikrlaringiz...

- Turg‘unboev individual jihatdan kuchli futbolchi. Uning ko‘rsatgan o‘yini sizlarga ham manzur kelgan bo‘lsa kerak. Bejizga Azizbek Turg‘unboevni bu safar ham milliy terma jamoaga chaqirishmadi. Unda ko‘p narsa bor. Bundan ham yaxshiroq o‘yin namoyish etishi uchun u ko‘proq ishlashi kerak.

- Bugun jamoa mehmonda o‘ynaganiga qaramay, ikki nafar hujumchi bilan harakat qildi...

- Ta’kidlaganimdek, asosiy tarkibning 5 nafar futbolchisi ma’lum sabablarga ko‘ra, bugun maydonga tusha olmadi. Shu bois, yigitlarning ruhiyatini ko‘tarish maqsadida, qo‘rqmasdan, ikki nafar hujumchini maydonga tushirdik. Qaysidir ma’noda bu ularga dadillik berdi. Bilasizlar, Qo‘qonda faoliyat olib borganimda ham ikki hujumchi uslubidan foydalanganman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
03/11/2020 18:23
Омад ёр булсин
&
FANAT-MYU
03/11/2020 18:17
Men Nomon akani maqtamaymanu lekin shunaqa qo‘rqmaydigan murabbiy kerak Milliy terma jamoaga