"Navbahor" futbolchisi "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin oldidan: Kanchelskis mashg‘ulotlarni evropacha usulda olib bordi
Xabaringiz bor, "Navbahor" jamoasi Cuperliga 20-turi doirasidan o‘rin olgan bahsda Jizzaxda “So‘g‘diyona” klubi mehmoni bo‘ladi.
“Navbahor”ning 19 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Abdulhay Ismoilov bo‘lajak bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- “So‘g‘diyona”ga qarshi kechadigan o‘yinga jiddiy hamda puxta tayyorgarlik ko‘rib, mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kdik. Jamoamiz bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis mashg‘ulotlarni evropacha usulda olib bordi. Bu esa bo‘lajak bahsda o‘z samarasini beradi, degan umiddaman.
Jizzaxdagi o‘yinda zafar quchib, muxlislarga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz va men ham jamoamizning yutug‘iga munosib hissa qo‘shish uchun maydonda qo‘limdan kelganicha harakat qilaman, - dedi futbolchi.

Fikrlar