"Navbahor" jiddiy o‘yinga tayyorgarlikni boshladi (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, "Navbahor"ning O‘zbekiston Superligasi 10-turidan o‘rin olgan, 22 may kuni safarda “Olimpik”ka qarshi kechadigan o‘yini O‘zbekiston-U-23 yoshlar jamoasi 20-28 may kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishi bois, boshqa kunga kunga qoldirildi va “lochinlar” 11-tur doirasidan o‘rin olgan bahsda o‘z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yin 27 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Namanganliklar “temiryo‘lchilar”ga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlikni bugundan boshladi. “Lochinlar” bugungi mashg‘ulotni Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo‘l ostida “Markaziy” o‘yingoh zaxira maydonida o‘tkazdi.

navba2

navba3

navba1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!