
"Navbahor" klubi vitse-prezidentiga jarima qo‘llanildi - Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Superliga
“Andijon” — “Navbahor lochinlari”
Superliganing 19-turi doirasidagi “Andijon” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Navbahor lochinlari” futbol klubining vitse-prezidenti O. Samatov uchrashuv komissarining ogohlantirishiga qaramay, hakamlikka e’tiroz bildirish tartibiga rioya qilmasdan, uchrashuv rasmiylari ko‘z o‘ngida futbol klubi rahbariyatiga xos bo‘lmagan noto‘g‘ri xatti-harakatlar amalga oshirgani hamda provakatsion harakat qilgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Otabek Samatovga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Pro-liga
“Yunired” — “Mash’al”
Pro liganing 17-turi doirasidagi “Yunired” — “Mash’al” uchrashuvining 85-daqiqasida “Yunired” jamoasi ma’muri D. Jalilov bosh hakamga e’tiroz bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Dilshod Jalilovga (Yunired) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Sho‘rtan” — “Andijon SGS”
Pro liganining 18-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Andijon SGS” uchrashuvi doirasida “Andijon SGS” futbol klubi tomonidan “Superliga va Pro liga reglamenti”ning bir qator bandlari buzilgani, ya’ni texnik zonaga litsenziyaga ega bo‘lmagan begona shaxslarni kiritilgani, bu bo‘yicha komissarga yolg‘on ma’lumot berilgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Andijon SGS” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Andijon SGS” futbol klubi bosh direktori Islom Rustamovga nisbatan 1 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Andijon SGS” — “Mash’al”
Pro liganing 19-turi doirasidagi “Andijon SGS” — “Mash’al” uchrashuv yakunlangandan so‘ng “Mash’al” futbol klubining vakili B. Nosirov tribuna osti yo‘lakchasida uchrashuv hakamlari, raqib jamoa a’zolariga nisbatan haqoratli so‘zlar va tajovuzkor harakatlar qilib, tartibsizlik vujudga keltirgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Mash’al” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Birinchi liga
“Yangier Quruvchi” — “Nasaf farm”
Birinchi liganing 15-turi doirasidagi “Yangier Quruvchi” — “Nasaf farm” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Nasaf farm” jamoasi murabbiyi E. Moyliev bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Eldor Moylievga (“Nasaf farm”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Do‘stlik Toshkent” — “Lokomotiv BFK”
Birinchi liganing 15-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Lokomotiv BFK” uchrashuvining 85-daqiqasida “Lokomotiv BFK” jamoasi futbolchisi O. Turobov raqib o‘yinchisini qasddan tepgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Otabek Turobovga (“Lokomotiv BFK”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Do‘stlik Toshkent” — “Olimpik farm”
Birinchi liganing 17-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Olimpik farm” uchrashuvining 90-daqiqasida “Olimpik farm” jamoasi futbolchisi A. Xaydarov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib jamoasi darvozabonining qo‘l qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abdug‘afur Xaydarovga (“Olimpik farm”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Paxtakor 79” — “Jayxun”
Birinchi liganing 16-turi doirasidagi “Paxtakor 79” — “Jayxun” uchrashuvida “Jayxun” jamoasi futbolchisi A. Otemisov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib jamoasi darvozabonining qo‘liga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Amirbek Otemisovga (“Jayxun”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qumqo‘rg‘on-1977” — “Olimpiya”
Birinchi liganing 16-turi doirasidagi “Qumqo‘rg‘on-1977” — “Olimpiya” uchrashuvining 37-daqiqasida “Qumqo‘rg‘on-1977” jamoasi futbolchisi B. Pardaev hamda “Olimpiya” jamoasi futbolchisi O. O‘rmonjonov bir-birlarini urib, tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Bobur Pardaevga (Qumqo‘rg‘on-1977) va Oybek O‘rmonjonovga (“Olimpiya”) nisbatan nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Shahrixonchi” — “Qumqo‘rg‘on-1977”
Birinchi liganing 17-turi doirasidagi “Shahrixonchi” — “Qumqo‘rg‘on-1977” uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan bo‘lsa-da, “Qumqo‘rg‘on-1977” jamoasi mazkur uchrashuvga asossiz ravishda kelmagan, jamoaga texnik mag‘lubiyat qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Qumqo‘rg‘on-1977” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U-21 chempionati
“Navbahor lochinlari” — “Turon”
U-21 chempionatining 20-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Turon” uchrashuvining 76-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi A. Karimov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abror Karimovga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qizilqum U21” — “So‘g‘diyona U21”
U-21 chempionatining 20-turi doirasidagi “Qizilqum U21” — “So‘g‘diyona U21” uchrashuvining 82-daqiqasida “So‘g‘diyona U21” jamoasi futbolchisi N. Farxodov ikkinchi sariq kartochka olgandan so‘ng bosh hakamning sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Nizomiddin Farxodovga (“So‘g‘diyona U21”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
U-19 chempionati
“Yunired U-19 ” — “Xorazm U-19 ”
U-19 chempionatining 17-turi doirasidagi “Yunired U-19 ” — “Xorazm U-19 ” uchrashuvining 74-daqiqasida “Xorazm U-19 ” jamoasi futbolchisi S. Yusupov raqib o‘yinchisini ataylab yuz qismiga bosh qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Suxrobbek Yusupovga (“Xorazm U-19”) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Paxtakor U-19 ” — “Qo‘qon-1912 U-19”
U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Paxtakor U-19 ” — “Qo‘qon-1912 U-19” uchrashuvining 90+4 daqiqasida “Paxtakor U-19” jamoasi murabbiyi A. Shoraxmedov bosh hakamning sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Akmal Shoraxmedovga (“Paxtakor U-19”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“G‘ijduvon U-19 ” — “Neftchi U-19 ”
U-19 chempionatining 17-turi doirasidagi “G‘ijduvon U-19 ” — “Neftchi U-19 ” uchrashuvining 64-daqiqasida “G‘ijduvon U-19 ” futbol klubi futbolchisi B. Isroilov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Bunyod Isroilovga (“G‘ijduvon U-19 ”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Buxoro U-19 ” — “Turon U-19 ”
U-19 chempionatining 17-turi doirasidagi “Buxoro U-19 ” — “Turon U-19 ” uchrashuvining 74-daqiqasida “Turon U-19 ” jamoasi futbolchisi A.Abduraxmonov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asrorjon Abduraxmonovga (“Turon U-19 ”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“G‘ijduvon U-19 ” — “Olimpik U-19 ”
U-19 chempionatining 20-turi doirasidagi “G‘ijduvon U-19 ” — “Olimpik U-19 ” uchrashuvining 52-daqiqasida “G‘ijduvon U-19 ” futbol klubi futbolchisi F. Ismatullaev bosh hakamning sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Firdavs Ismatullaevga (“G‘ijduvon U-19 ”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Dinamo U-19 ” — “Neftchi U-19 ”
U-19 chempionati 19-turi doirasidagi “Dinamo U-19 ” — “Neftchi U-19 ” uchrashuvining 90+3 daqiqasida “Dinamo U-19” jamoasi futbolchisi F. Abduraxmonov qo‘l qismi bilan raqib o‘yinchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Firdavs Abduraxmonovga (“Dinamo U-19 ”) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Andijon U-19 ” — “G‘ijduvon U-19 ”
U-19 chempionati 18-turi doirasidagi “Andijon U-19 ” — “G‘ijduvon U-19 ” uchrashuvining 80-daqiqasida “G‘ijduvon U-19 ” jamoasi futbolchisi X. Rayimov qo‘l qismi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga mushti bilan zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Xasan Rayimovga (“G‘ijduvon U-19 ”) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Andijon U-19 ” — “G‘ijduvon U-19 ”
U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Andijon U-19 ” — “G‘ijduvon U-19 ” uchrashuvining 80-daqiqasida “G‘ijduvon U-19” jamoasi shifokori A. Rustamov bosh hakamning sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Axror Rustamovga (G‘ijduvon U-19 ) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon U-19 ” — “So‘g‘diyona U-19 ”
U-19 chempionatining 19-turi doirasidagi “Surxon U-19 ” — “So‘g‘diyona U-19” uchrashuvining 87-daqiqasida “So‘g‘diyona U-19” jamoasi futbolchisi Sh. Sherqulov qo‘l qismi bilan raqib o‘yinchisini yuz qimiga zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Shamsiddin Sherqulovga (“So‘g‘diyona U-19”) nisbatan 3ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon U-19 ” — “So‘g‘diyona U-19 ”
U-19 chempionatining 19-turi “Surxon U-19” — “So‘g‘diyona U-19” uchrashuvining 74-daqiqasida “So‘g‘diyona U-19” murabbiyi R. Muxamedraximov texnik zonani tark etib, yordamchi hakamga '’tiroz bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Raxmatilla Muxamedraximovga (So‘g‘diyona U-19) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Mash’al U-19 ” — “Bunyodkor U-19 ”
U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Mash’al U-19” — “Bunyodkor U-19” uchrashuvining 88-daqiqasida “Bunyodkor U-19” jamoasi futbolchisi A. Daminov bosh hakamning sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan hamda uchrashuv yakunlangandan so‘ng ham haqoratli so‘zlar ishlatgani qayd 'tilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Amalbek Daminovga (“Bunyodkor U-19 ”) nisbatan 5 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Mash’al U-19 ” — “Bunyodkor U-19 ”
U-19 chempionatining 18-tur “Mash’al U-19 ” — “Bunyodkor U-19 ” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Bunyodkor U-19 ” yordamchi murabbiyi G‘. Xalimtoev bosh hakamning sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, G‘. Xalimtoevga (“Bunyodkor U-19”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Mash’al U-19 ” — “Bunyodkor U-19”
U-19 chempionatining 18-turi “Mash’al U-19” — “Bunyodkor U-19” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Bunyodkor U-19” jamoasi futbolchisi D. Qo‘ziboev o‘zini tajovuzkor tutib, yon hakamni sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, unga kuch ishlatishga uringani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, D. Qo‘ziboyevga (“Bunyodkor U-19”) nisbatan 5 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
Ayollar birinchi ligasi
OKMK W — “Aral W”
Ayollar birinchi ligasining 14-turi doirasidagi OKMK W — “Aral W” uchrashuvining 76-daqiqasida “Aral” jamoasi futbolchisi A. Yerejebayeva to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tizza qismi bilan raqib jamoasi darvozabonining yuziga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Aq-Medeya Erejebaevaga (Aral) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
OKMK W — “Aral W”
Ayollar birinchi ligasining 14-turi doirasidagi OKMK W — “Aral W” uchrashuvi bosh hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 70-daqiqasida OKMK W jamoasi futbolchisi A. Zakirova hakam xushtagi chalingandan so‘ng raqib o‘yinchisini tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asal Zakirovaga (OKMK W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Lokomotiv W” — “Dinamo W”
Ayollar birinchi ligasining 12-turi doirasidagi “Lokomotiv W” — “Dinamo W”ning 70-daqiqasida “Lokomotiv W” jamoasi futbolchisi M. Toshkenboeva xushtak chalingandan so‘ng raqib o‘yinchisini tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Muslima Toshkenboevaga (“Lokomotiv W”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Aral W” — “Navbahor W”
Ayollar birinchi ligasining 12 turi doirasidagi “Aral W” — “Navbahor W” uchrashuvining 87-daqiqasida “Aral W” jamoasi futbolchisi D. Bazarbaeva bosh hakamning sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Dinora Bazarbaevaga (“Aral W”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon W” — “Dinamo W”
Ayollar birinchi ligasining 14-turi doirasidagi “Surxon W” — “Dinamo W” uchrashuvining 60-daqiqasida “Surxon W” jamoasi murabbiyi B. Amanturdiev bosh hakamning sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Baxtiyor Amanturdievga (“Surxon W”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional bo‘lishga chaqiramiz. Sizlar o‘sib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o‘tamiz!
Fikrlar