"Navbahor" legioneri terma jamoaga chaqirildi

  • 23.05.2025 11:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belarus terma jamoasi iyun oyidagi FIFA kunlaridan samarali foydalanish maqsadida, 1-10 iyun kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Mazkur yig‘in davomida belarusliklar Minsk shahrida Qozog‘iston (5 iyun) va Rossiya (10 iyun) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishadi. 

"Navbahor" klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, Belarus termasining ushbu yig‘iniga namanganliklarning 31 yoshli tajribali himoyachisi Sergey Karpovich ham chaqirildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!