"Navbahor" ogohlikka chaqirdi

  • 4 mart, 2020, 16:28
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 2-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi. Mazkur o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar bugundan sotuvga chiqdi va sektorlarning joylashishiga qarab, 15, 20 va 30 ming so‘mdan Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingoh, “Chorsu” hududidagi yakka qabr oldida, “Sardoba” bozori oldidagi “Megapolis” savdo majmuasi oldidagi kassalarda sotilmoqda.

Tecno

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, muxlislar chiptalarni faqatgina yuqoridagi manzillardan o‘z narxiga xarid qilib, olib-sotarlardan chipta sotib olmaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Lokomotiv” o‘yini 6 mart, juma kuni soat 18:15da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Razzakov
04/03/2020 17:38
Hozir biletga bordim man olaman degan sektorni biletidan yuq, qolmapti umuman ....
Vohid Shabaev
04/03/2020 17:32
Чипта олаолмай колиш хавфи, Узбекистоннинг яна кайси шахрида бор экин?
Davron Jenjayev
04/03/2020 21:22
2 yil oldin adashmasam nasaf uyinlarida bulardi ayniqsa ochl sizda uzim 4 soat oldin stadionga kirib utirgamman kuchadaxam ancha odamlar qolib ketishgandi
NAVNAXORGA OMAT
&
fc.navbahor
04/03/2020 21:21
Ertaga qolga otsa 200 000 bop ketadi
Абдусамат Жураев
04/03/2020 18:45
Марказий сектор чиптаси колмаптику айтилган манзиларга бордим
Alisher Mamadjanov
05/03/2020 17:00
Биз хам бугун олдик чорсудан.