"Navbahor" o‘rtoqlik o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 23 iyul, 2023, 00:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” – “Andijon-SGS” – 6:1 (1:1)

Tecno

Namangan. “Markaziy” stadioni. 109 tomoshabin.     

Hakamlar: Isroiljon Imomnazarov, Islomjon Nosirov, Azizbek Zokirov.

Nazoratchi: Igor Nexochin.

Gollar: Muzaffar Mo‘minov (23), Temurxo‘ja Abduxoliqov (50,52,58), Toma Tabatadze (64), Farrux Ikromov (69) – O‘ktam Abdumalikov (2) 

Davralar oralig‘idagi tanaffus paytida futbolchilarning jismoniy holatlarini maromida ushlab turish maqsadida, “Navbahor” jamoasi bugun “Andijon-SGS” jamoasiga qarshi nazorat-sinov bahsini o‘tkazdi. Unda Samvel Babayan shogirdlari yirik – 6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur bellashuvning 1-bo‘limida maydonda asosan yosh futbolchilar harakat qilishdi. Asosiy tarkibdan esa 3-4 nafar futbolchi maydonga tushdi, xolos. 

Shu bois, bo‘lsa kerak, bellashuvni faol tarzda boshlagan andijonliklar 2-daqiqadayoq O‘ktam Abdumalikovning golidan so‘ng, hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi - 0:1.

Albatta, uchrashuvning bunday tus olishi mezbonlarni qoniqtirmasdi. Natijada hujumkorlikni kuchaytirgan “lochinlar” 23-daqiqada standart vaziyatdan so‘ng, hisobni tenglashtirishdi.

O‘sha vaziyatda Shodiyor Shodiboev burchak zarbasini Muzaffar Mo‘minov bilan to‘pni o‘zaro o‘ynagan holda, amalga oshirdi. Shodiboevdan ikkinchi marta to‘pni qabul qilib olgan Mo‘minov raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirgan holda, kuchli zarba yo‘llab, mehmonlar darvozasini aniq nishonga olib, jamoalarning tanaffusga 1:1 hisobidagi durang natija bilan chiqib ketishini ta’minladi. 

Ikkinchi bo‘limni faol tarzda boshlagan maydon egalari 58-daqiqaga kelib, 31 yoshli tajribali hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqovning 8 daqiqa  ichida amalga oshirgan “xet-trik”i evaziga hisobning yirik – 4:1 ko‘rinish olishini ta’minlashdi. 

Shundan so‘ng, “Navbahor” ustozi Samvel Babayan zaxiradan maydonga asosiy tarkibning qolgan futbolchilarini tushirdi.

Bu esa o‘z samarasini berib, oldiniga "Navbahor" tarkibiga yaqinda qo‘shilgan gruziyalik hujumchi Toma Tabatadze o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, 69-daqiqada Farrux Ikromov yakuniy hisobning 6:1 ko‘rinish olishini ta’minladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
23/07/2023 06:08
Ширин газ Андижон ютказса хам яхши у'йин ку'рсатди рах ат ёш болалар келажагингиз бор ИНШААЛЛОХ
&
Bek 56
23/07/2023 06:09
Рах,мат .дея у'к, илсин