
"Navbahor" Osiyo Chempionlar ligasidagi o‘yini uchun chiptalarni bir xil narxda sotmoqda (Foto)
Osiyo Chempionlar Ligasi (OChL)ning 2-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Mumbay Siti” (Hindiston) o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar bugundan boshlab, Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionidagi barcha kassalarda sotilmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 100.000 ming so‘m etib belgilangan.
Ta’kidlash joizki, har bir chipta xarid qilgan muxlisga bittadan “Navbahor” logotipi tushirilgan kepka qo‘shib beriladi.
“Navbahor” – “Mumbay Siti” bahsi 3 oktyabr kuni soat 19:00 da start oladi.
Fikrlar