"Navbahor" o‘yiniga chiptalar qanchadan sotilmoqda?

  • 21 iyun, 2022, 13:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 12-turida "Navbahor" - "Metallurg" bahsi o‘tkaziladi. Uchrashuv bugunga belgilangan. O‘yin soat 20:00 da start oladi.

Tecno

“Navbahor” klubi matbuot xizmati chiptalar narxi 2 va 21-sektorlar uchun 20 000 so‘m, qolgan sektorlar uchun esa 15 000 so‘m etib belgilanganini ma’lum qildi. Chiptalar miqdori cheklangan.

Namanganliklar ayni payt Superliga turnir jadvalida 20 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Bekobodliklar esa 10 ochko jamg‘argan holda 11-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!