"Navbahor" raqibini "eb" qo‘yadi, agar...yoxud vodiy derbisi oldidan biri peshqadam, yana biri autsayder. Buning o‘yinga qanchalik ta’siri bor?

  • 15 may, 2022, 21:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Turnir jadvaliga e’tibor qaratgan bo‘lsangiz, uni vodiy klubi boshqarib, vodiy klubi yakunlab turibdi. Namanganning “Navbahor” jamoasi 8 ta uchrashuvda 16 ochko bilan peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi. Farg‘onaning “Neftchi”si esa ortda qolgan 8 ta turda bor-yo‘g‘i 5 ochko bilan oxirgi – 14-pog‘onani “o‘ziniki” qilib kelyapti. Xullas, musobaqa jadvalining yaqqol peshqadam va yaqqol autsayderi ishtirokida vodiy derbisini ko‘ramiz. Lekin ishoning, bunday derbida klublarning egallab turgan o‘rni mutlaqo o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.

Tecno

Faqat bungacha o‘tkazilgan vodiy derbilaridagi bahslarga “Navbahor” bilan “Neftchi”ning qachon turnir jadvalida eng yuqori va eng oxirgi o‘rinda etib kelishganini eslay olmayman. Demak, shunisi bilan ham navbatdagi to‘qnashuv o‘ziga yarasha qiziq. Derbi baribir derbi-da! Shu sababli uchrashuvdan avval jamoalarning egallab turgan o‘rniga qarab xulosa chiqarmang. Ha, “Navbahor” hozirgi mavqeidan kelib chiqib imkoniyati ko‘proq tuyulishi tabiiy. Ammo vodiy derbisida hech qachon favorit bo‘lmagan. Maydonda futbolchilar o‘z shahri, klubi va muxlislari sha’ni uchun kurashishadi.

a navba

Bu Babayan va Mo‘minjonov o‘rtasidagi to‘qnashuvga aylanadi, deyayotganlar ham bor. Ushbu holatda shunday degan bo‘lardik: murabbiylarning taktikasi va bilimi ko‘p narsani hal qilishi mumkin. To‘g‘ri, Ilhom Ibragimovich ilgari “Navbahor”ni boshqargan va o‘ziga yarasha iz qoldirgan. Endi esa u “Neftchi” ustozi sifatida sobiq klubiga qarshi. Agar hozirgi holatdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, g‘alaba Mo‘minjonov jamoasiga nihoyatda zarur. Chunki “Neftchi”ning natijalari juda salbiy. Ayniqsa, o‘z oldiga kuchli uchlikka kirishni maqsad qilgan klub uchun juda va juda qoniqarsiz. 8 ta uchrashuvda faqat 1 ta g‘alaba xolos. Ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng allaqachon Mo‘minjonovning iste’foga chiqishi haqidagi gap-so‘zlar tarqalib ketdi. Lekin hozircha u o‘z postida qolyaptimi, demak rahbariyat unga qandaydir ishonch va imkon beryapti. Oxirgi paytlarda uning uchun oxirgi o‘yin degan iboralar ishlatilyapti. Xo‘sh, “Navbahor”ga qarshi uchrashuv ham “Neftchi” bosh murabbiyi uchun oxirgi imkoniyatmi? Bunisini bilmadik, lekin aftidan har o‘yin va yo‘qotilayotgan ochkolar Mo‘minjonov uchun orqaga ketish bo‘lyapti. Faqat bir gapni aytish kerak: mabodo, murabbiy shogirdlarini ushbu derbiga puxta va munosib tayyorlay olmasa, “Navbahor” raqibini “eb” qo‘yadi. O‘z uyida, minglab muxlislari ko‘z o‘ngida o‘ynaydigan namanganliklar o‘yindan-o‘yinga kuchayib boryapti. Bu kabi derbilar esa “Navbahor” a’zolarini yanada tetiklashtirishi turgan gap. Samvel Babayan esa doim alohida mavzu bo‘lib kelgan. U mana shunday derbilarda qatnashishni doim xohlab kelgan. Bu uning uchun ham o‘ziga xos tarzdagi alohida motivatsiya demakdir.

a ilxom

“Navbahor” – “Neftchi” qarama-qarshiligi bu yil hisobida ilk to‘qnashuv emas. 18 aprel kuni O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi guruh bosqichida ushbu klublar Namanganda bellashishgan va unda Jamshid Iskanderov bilan Zoran Marushichning gollari “Navbahor”ga muhim g‘alabani keltirgandi. Buni qarangki, oradan deyarli rosa bir oy o‘tib, ya’ni, 17 may sanasida ushbu jamoalar yana Namangandagi markaziy stadionda hisob-kitob qilishadi. O‘zbekiston chempionatida “Navbahor” hamda “Neftchi” klublari 54 marta kuch sinashishgan va navbatdagisi 55-to‘qnashuvga aylanadi. Statistika shuni ko‘rsatib turibdiki, namanganliklar raqibini 13 ta o‘yinda mag‘lub etgan. Bu borada “Neftchi”ning natijasi ancha yaxshi. “Navbahor”ning g‘alabasidan ikki barobar ko‘proq – 26 ta bellashuvda Namangan jamoasining qo‘li baland kelgan. Shuningdek, 15 ta bahsda kuchlar teng kelganini qo‘shimcha qilish joiz. Qizig‘i, “Navbahor” klubi o‘zaro uchrashuvlardagi jami 54 ta uchrashuvda raqib darvozasiga 54 ta to‘p kiritgan. Ammo darvozasidan naqd 80 ta ta to‘p olib chiqqan. Yana bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz, “Neftchi” klubi Namanganda qachon g‘alaba bilan qaytganini eslay olasizmi? 2011 yili Kosonsoydagi stadionda “Neftchi” “Navbahor”ni 2:0 hisobida taslim qilgan. Oradan 11 yil o‘tibdiki, hozircha farg‘onaliklar “Navbahor” maydonidagi uchrashuvlarda g‘alaba qozona olmay kelyapti. Lekin bu shunchaki statistik raqamlar xolos. Bo‘lajak bahs oldidan yuqoridagi raqamlar o‘yinda biror klubning ustunligini ta’minlab bermaydi.  

a gofurov

“Neftchi”ga “Navbahor”dan ham ko‘ra g‘alaba suv va havodek zarur. Lekin ular 18 may oqshomida mezbonlar to‘sig‘ini engib o‘tishga qodirmi? Agar yana stadionga kirish bepul qilib qo‘yilsa bormi, stadion ishqibozlar bilan liq to‘lishiga kafolat beramiz. Darvoqe, Farg‘onadan “Neftchi”ni qo‘llash uchun muxlislar kelarmikin? Salbiy o‘yin va natijalari bilan ishqibozlarini qattiq ranjityapti. Xo‘sh, muhim bellashuvda jamoasini yolg‘izlatib qo‘yishmasmikin yoki...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
16/05/2022 10:48
Нефтчи агар у'йинни бошида гол уриб олса у'йин су'нгигача х,имояни махкам ушласа галаба билан к,айтади