
"Navbahor" raqobatchisi "Paxtakor" qiziqayotgan legioneri bilan shartnomasini uzaytirdi
"Navbahor" klubi jamoa etakchilaridan biri Igor Golban bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda PFL vakili Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
- "Navbahor" futbol klubi himoyachi Igor Golban bilan shartnomasini 2023 yilning dekabr oyiga qadar uzaytirdi. O‘zbekistonda sifatli markaziy himoyachilarga bo‘lgan talab katta. Golban bir necha mavsumdan buyon O‘zbekistonda to‘p suradi, ya’ni, sinalgan himoyachi, - deya yozib qoldirdi Diyor Imomxo‘jaev.
Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchiga "Paxtakor" vakillari qiziqish bildirayotgandi.
Fikrlar