
"Navbahor" safiga "Paxtakor"ning sobiq futbolchisi qo‘shildi
Yozgi transfer “oynasi”dan samarali tarzda foydalanib, o‘z tarkibini kuchaytirishga harakat qilayotgan "Navbahor" jamoasi tarkibiga tajribali himoyachi Vladimir Kozak qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Kozak 1993 yil, 12 iyunda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, ya’ni, yaqinda 29 yoshga to‘ldi.
Vladimir Kozakning katta futboldagi asosiy faoliyati “Paxtakor” bilan bog‘liq. Poytaxtliklar tarkibida 2010 yili debyut qilgan futbolchi 2021 yilgi mavsum yakuniga qadar “sherlar” safida o‘ynadi va “Paxtakor” safida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, himoyachi o‘tgan mavsumning 1-davrasida AGMK tarkibida to‘p tepganligini ham ta’kidlash joiz.
Fikrlar
Навбатдагиси ким?