"Navbahor" tarkibida o‘zgarishlar boshlandi. Jamoaga besh nafar yangi legioner qo‘shildi

  • 12 iyul, 2021, 12:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” tarkibida kutilganidek o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, jamoaga legionerlar taklif qilingan.

Jumladan, jamoaning 11 iyul kuni “Markaziy” o‘yingohning zaxira maydonida o‘tkazilgan mashg‘ulotida 3 nafar yangi legioner yakka tartibda shug‘ullanishdi. 

Mazkur xorijlik futbolchilarning ikki nafari Serbiya, bir nafari esa braziliyalik. 

navbxor

Ular haqida batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak, serbiyalik himoyachi Boyan Tsiger 1994 yil, 18 iyunda Serbiyaning Maydanpek shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Serbiyaning “Injiya” (Injiya, 2017-2018 yillar), Chernogoriyaning “Suteska Nikshich” (Nikshich, 2018 - 2020 yillar) jamoalarida o‘ynagan. O‘tgan mavsumdan buyon Serbiyaning “Rad” (Belgrad) jamoasida o‘ynayotgandi. 

Serbiyalik hujumchi Jelko Dimitrov 1994 yilning 19 fevralida Serbiyaning Pirot shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Serbiyaning OFK (Belgrad, 2015-2016 yillar), “Dinamo Vrane” (Vrane, 2018-2019 yillar) Islandiyaning “Fyardaviggd” (2016-2017 yillar) jamoalarida to‘p tepgan. O‘tgan mavsumdan buyon Serbiyaning “Injiya” (Injiya) jamoasida o‘ynayotgandi. 

Braziliyalik himoyachi Portela De Akvino Saulo 1998 yil, 12 fevralda tug‘ilgan. Faoliyati davomida Braziliyaning “Atletiko Mineyro” (2018-2019 yillar), “Verdes Mares” (2019 yil), “Uniao Mogi” (2019 yil), Nepalning “Frends” (2020 yil) jamoalarida o‘ynagan. U joriy yildan boshlab, Gruziyaning “Chixura” (Sachxere)  jamoasida o‘ynayotgandi.

Shuningdek, bugun  ertalab “Markaziy” stadion maydonida o‘tkazilgan mashg‘ulotida yana 2 nafar yangi legioner yakka tartibda shug‘ullanishdi. Mazkur xorijlik futbolchilarning biri Rossiya, ikkinchisi esa braziliyalik.

navbaxor2_1

Ular haqida batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak, rossiyalik hujumchi Pavel Ignatovich 1989 yil, 24 mayda Rossiyaning Sankt-Peterburg  shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Rossiyaning “Lokomotiv” yoshlar jamoasi (Sankt-Peterburg, 2003-2007 yillar), “Zenit” (Sankt-Peterburg, 2007-2010 yillar), “Ximki” (Moskva viloyati, 2010 yil), “Dinamo” (Bryansk, 2011-2012 yillar), “Amkar” (Perm, 2012-2013 yillar), “Dinamo” (Moskva, 2013-2014 yillar), “Tom” (Tomsk, 2013-2014 yillar), “Mordoviya” (Saransk, 2014-2017 yillar), “Tambov” (Tambov, 2017-2018 yillar), “Nijniy Novgorod” (Nijniy Novgorod, 2018-2020 yillar) jamoalarida o‘ynagan. O‘tgan mavsumdan buyon Rossiyaning “Shinnik” (Yaroslavl) jamoasida o‘ynayotgandi.

2009 yili Rossiya yoshlar birinchiligi chempioni bo‘lgan va o‘sha mavsumda 17 ta gol urib, yoshlar birinchiligi to‘purari bo‘lgan.  

navbaxor_6  

Braziliyalik hujumchi Kosta Tenorio Gutiner (Guti ismi bilan mashhur)  esa 1994 yilning 6 oktyabrida Braziliyaning San-Paulu shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Braziliyaning “Bonsusesso” (2015 yil), “Linense” (2016 yil), “Akademika Vitoriya” (2016-2017 yillar), Ukrainaning “Olimpik” (Donetsk, 2017 yil), “Chernomorets” (Odessa, 2018 yil), “Obolon” (Kiev, 2019 yil), Maltaning “Xibernias” (2018 yil), Chexiyaning “Viktoriya Jijkov” (Jijkov, 2019 yil) jamoalarida to‘p tepgan. O‘tgan mavsumdan buyon Ukrainaning “Avangard” (Kramatorsk) jamoasida o‘ynayotgandi. 

Mazkur legionerlar “Navbahor”da ko‘rikdan o‘tish uchun kelishgan. Ulardan qaysinisi murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirsa, o‘sha futbolchilar bilan shartnoma imzolanadi.

Shuningdek, jamoa sardori Azimjon Ahmedov, qolaversa, o‘z yurtlaridan qaytgan tajribali himoyachi Igor Golban, serbiyalik hujumchi Slavisha Stoyanovich, bundan tashqari, joriy mavsumning 1-davrasini “Andijon”da ijarada o‘tkazgan mahoratli yarim himoyachi Abdulhay Ismoilov, o‘tgan mavsumda “Metallurg”da to‘p tepgan 20 yoshli himoyachi Temur Nabiev ham “Navbahor” ixtiyoriga qaytishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rais Buva
12/07/2021 22:03
Essiz shuncha pul
Akbarali Abdunazarov
12/07/2021 17:10
Академияни ривожлантиринглар ундан кура!
Akbarali Abdunazarov
12/07/2021 17:09
Шу Навбахор кейинги 5 йилда канча канча уйинчи келиб кетди, лекин хеч натижа йук, кайтанга канча пуллар клубдан чикиб кетди, яна адашманглар, Навбахорга омад, узимизда хам шулардан яхши футболчи тикилиб етибди манимча!