
"Navbahor" terma jamoaga nomzod futbolchi bilan shartnoma imzolaydi
"Navbahor" jamoasi tez orada O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchi Farrux Ikromovni o‘z safiga qo‘shib oladi. Futbolchi rasman "Bunyodkor" bilan xayrlashdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, namanganliklar tez orada Ikromov transferini e’lon qiladi. Shuningdek, "lochinlar" tarkibga bir nechta yangi o‘yinchilarni ham qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Farrux Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi. U 2022 yilgi mavsum yakunida safga qaytdi va gol urishga ham erishdi.
Fikrlar