"Navbahor" ustozi "Metallurg"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 27 avgust, 2019, 13:45
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvidan so‘ng, dastlab “Navbahor” bosh murabbiyi Deyan Jurjevich OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Bu haqda "Metallurg" matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Juda alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradik. Uchrashuvning birinchi bo‘limi deyarli teng kurashlar ostida kechgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda ustunlik jamoamiz tarafida bo‘ldi va yigitlarda 4ta ajoyib golli vaziyat yuzaga keldi. Ammo shogirdlarim ulardan foydalana olishmadi. Mezbonlar esa so‘nggi daqiqadagi jarima zarbasidan gol urib, g‘alaba qozonishdi. Shunday ekan, ushbu mag‘lubiyatni alamli deyishdan boshqa ilojim yo‘q.

AGMKga qarshi kechgan bahsda ham jarima zarbasidan so‘ng, to‘p o‘tkazib yuborgandik. Bugungi o‘yinda ham ushbu holat takrorlandi. Yigitlar ko‘plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishmoqda. Ammo ulardan foydalanish samaradorligida oqsayapmiz. Mazkur uchrashuvda ham shu narsa jamoamizga pand berdi, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Murod Panjiev
27/08/2019 13:55
Бу инсон хали кетмадими навбахор мухлислари Ашурматовни сурхон мухлислари хайдагандек силар хам хайдасаларинг булмайдими ахир футбол мухлислар учун уйналадику
&
МЮ
27/08/2019 13:50
йукол