"Navbahor" va "Neftchi" serbiyalik futbolchiga ko‘z tikkan

  • 12 yanvar, 2022, 17:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Joriy transfer oynasida o‘zbek klublari ichida eng faollaridan bo‘lib turgan "Navbahor" hamda "Neftchi" bir futbolchini sotib olmoqchi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum qilinishicha, Serbiyalik futbolchi Zoran Marushich faoliyatini O‘zbekiston Superligasida davom ettirishi mumkin. Unga chempionlik uchun da’vogar "Navbahor" va elitaga qaytgan "Neftchi" da’vogar. Hozircha, Marushich qaysi klubga o‘tishi noma’lum.

28 yoshli hujumchi ayni paytda Tbilisining "Dinamo" jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning transferi 450 ming evroga baholangan. Ammo forvard Superligamizga erkin agent sifatida kelishi mumkin. 

Voqealar rivojini saytimiz orqali kuzating!

image_2022-01-12_17-01-59

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!