“Navbahor” yana “peshqadam”. Muborakliklar Superligani sog‘inmagan ko‘rinadi

  • 21 mart, 2021, 00:37
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

18-20 mart kunlari Superligada 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Bellashuvlarning natijalari va uning atrofidagi ma’lumotlarni saytimiz orqali chop etib bordik. Endi esa doimgidek muxlislar statistikasini haqola qilamiz.

Tecno

Ettita o‘yinga jami 39491 muxlis tashrif buyurdi. Turning bitta bahsiga o‘rtacha 5642 ishqibozni tashkil qildi (avvalgi tur bilan solishtirganda, bu galgi bellashuvlarga 2000 nafar ko‘proq tomoshabin kelgan).

Eng ko‘p muxlis Namangandagi “Markaziy” arenada kuzatildi. Markaziy uchrashuvni 19358 odam shohidi bo‘ldi. "Navbahor" uy o‘yinini o‘tkazsa, albatta, muxlislar statistikasida etakchilikni yana qo‘lga oladi.

Eng kam ishqiboz Muborakda qayd etildi. “Mash’al” ishtirokidagi bahsga 558 tomoshabin tashrif buyurdi. Aftidan muborakliklar katta futbolni sog‘inmagan ko‘rinadi.

Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiladigan AGMK – “Paxtakor” to‘qnashuvini 3000 dan ortiq muxlis kuzatdi. Bu mavsum “Qizilqum” jamoasi o‘zgarmoqda, muxlislari ham. Navoiyliklar 3-turda ishqibozlar tashrifi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallashdi – 5632. Albatta, natijalar yaxshilansa, ishqibozlar ham stadionga keladi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan eng ko‘p muxlislar (ma’lumotlar PFL saytidan olindi) ketma-ketligi bilan tanishing:

“Navbahor” – “Nasaf” 0:0. 19358 tomoshabin

“Qizilqum” – “So‘g‘diyona” 1:1. 5632 tomoshabin

“Turon” – “Lokomotiv” 2:2. 5000 tomoshabin

“Surxon” – “Qo‘qon-1912” 1:1. 3576 tomoshabin

AGMK – “Paxtakor” 0:3. 3012 tomoshabin

“Bunyodkor” – “Andijon” 3:1. 2355 tomoshabin

“Mash’al” – “Metallurg” 2:1. 558 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!