
"Navbahor" Zabixillo O‘rinboevning goli evaziga "Surxon"dan ustun keldi (video)
Bugun Superliganing 23-turida “Navbahor” o‘z maydonida chempionat autsayderlaridan biri hisoblangan “Surxon”ni qabul qildi.
Namangandagi bellashuv taqdirini 19-daqiqada Zabixillo O‘rinboev tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Yakuniy hisob – 1:0, “lochinlar” g‘alabasi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar