"Navbahor"da o‘ynagan o‘zbek futbolchisi Evropa klubiga o‘tdi
Belarus Oliy ligasi o‘rtamiyonalaridan biri hisoblangan "Belshina" klubi o‘zbekistonlik hujumchi transferini e’lon qildi.
Bobruyskliklar 26 yoshli Vladislav Nuriev bilan shartnoma imzoladi. Legionerimiz ichki birinchilikning 11-turi doirasidagi "Energetik-BGU" jamoasiga qarshi bellashuvda debyut qildi.
Nuriev bungacha "Obod", "Navbahor" va "Bunyodkor" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi, Hindiston chempionatlarida ham to‘p tepgan.

Fikrlar