
"Navbahor"da yig‘ilish o‘tkazildi (Foto)
Bugun Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohida klub rahbariyati, shuningdek, jamoasi murabbiylar shtabi, “Navbahor-farm”, U-21 va U-18, bundan tashqari, futzal hamda ayollar jamoalari murabbiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishni “Navbahor” PFK direktori Baxtiyor Nurmatov olib bordi. U o‘z nutqida O‘zbekiston Professional futbol ligasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan COVID – 19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo‘llanishi sharoitida professional futbol mashg‘ulotlari hamda musobaqalarini tashkil qilish to‘g‘risidagi vaqtinchalik sanitariya-gigiena qoidalari va me’yorlariga amal qilish bo‘yicha barcha murabbiylarga tushuntirish berdi.
Shuningdek, B.Nurmatov barcha jamoalar yuqorida keltirilgan qoidalar hamda me’yorlarga amal qilgan holda mashg‘ulotlar o‘tkazishini ham ta’kidlab o‘tdi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha “Navbahor-farm” bosh murabbiyi Rashid G‘ofurov, “Navbahor” ayollar jamoasi bosh murabbiyi Karima Yuldasheva va “Navbahor” futzal jamoasi bosh murabbiyi Xurshid Tojiboev o‘z fikr hamda mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Fikrlar