"Navbahor"ni vaqtinchalik kim boshqaradi?

  • 27.09.2025 14:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Navbahor" klubi bir necha kun avval jamoa bosh murabbiyi hisoblangan Sergey Lushan bilan "Buxoro"ga qarshi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng shartnomani bekor qilgan edi. 
 
Klubning ma’lum qilishicha, jamoa vitse-prezidenti Akramjon Gapparovich Dedabaev klub qarorgohiga tashrif buyurib, futbolchilar bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida "Navbahor" jamoasi murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilarga Sherzod Jo‘raevni vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida tanishtirdi. 

Eslatib o‘tamiz, Sherzod Hamidovich Jo‘raev "Navbahor"ning sobiq futbolchisi, ko‘p yillar jamoaning murabbiylar shtabida yordamchi sifatida faoliyat olib borgan hamda mavsum startidan shu kungacha yoshlar jamoasini boshqarayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!