
"Navbahor"ning bugungi o‘yinida ishlaydigan rasmiylar ma’lum
Xabaringiz bor, "Navbahor" bugun Osiyo Chempionlar ligasi (OChL) guruh bosqichi 4-turi doirasida safarda “Nassaji Mazandaran” (Eron) klubi mehmoni bo‘ladi.
Klub matbuot xizmati uchrashuv hakamlarini ma’lum qildi. Bellashuvni yaponiyalik Araki Yusuke boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Mihara Jun va Vatanabe Kotalar yordam beradi.
Ushbu o‘yinning rasmiylari ro‘yxati esa quyidagicha:
Osiyo Chempionlar ligasi. (OChL) “D” guruhi. 4-tur
6 noyabr (dushanba)
“Nassaji Mazandaran” (Eron) – “Navbahor” (O‘zbekiston)
Tehron. “Ozodi” stadioni.
Hakamlar: Araki Yusuke, Mihara Jun, Vatanabe Kota (barchasi Yaponiya);
Zaxira hakami: Yamamoto Yudai (Yaponiya);
Nazoratchi: Ismail Adnan Ismail Alhafi (Iordaniya);
Komissar: Li Vang Hong (Gonkong);
Eslatib o‘tamiz, “Nassaji Mazandaran” – “Navbahor” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Fikrlar