“Navbahor”ning o‘yinlariga qancha muxlis tashrif buyurdi?

  • 17 dekabr, 2020, 16:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, pandemiya sababli, Superliganing ko‘plab o‘yinlari, aniqrog‘i, 4-18-turlardan o‘rin olgan bahslar tomoshabinlarsiz o‘tkazildi. Shunday bo‘lsa-da, “lochinlar”ning yakunlangan mavsumdagi o‘yinlariga tashrif buyurgan muxlislar soniga e’tibor qaratishni lozim topdik.

Tecno

Yakunlangan mavsumda “Navbahor” o‘yinlariga jami 60981 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. E’tiborlisi, Namangandagi bahslarga 29104 nafar, safardagi o‘yinlariga esa 31877 nafar ishqiboz tashrif buyurgan.

Biroq, shuni ham ta’kidlash joizki, Superliganing dastlabki 3 ta turida hali yurtimizda pandemiya boshlanmagan va o‘sha uchrashuvlarda tomoshabinlar soni ham cheklanmagandi (19 – turdan boshlab, stadionlarga cheklangan miqdordagi muxlislarning tashrif buyurishlariga ruxsat etildi). Aytish joizki, dastlabki 3 ta turning ikkitasini “lochinlar” safarda, ya’ni “Paxtakor”ga qarshi Toshkent hamda “Andijon” bilan Andijonda o‘tkazishgan, mazkur shaharlarga ham Namangandan ham ko‘plab muxlislar tashrif buyurishgandi.

Ta’kidlash lozimki, “Navbahor”ning ilk 3 ta turdagi o‘yinlariga jami 55800 (!) nafar ishqiboz tashrif buyurdi. Shuningdek, Superliganing yakunlangan mavsumida bir uchrashuvda eng ko‘p muxlis to‘plash bo‘yicha rekord ham jamoaga tegishli. Superliganing 2-turidan o‘rin olgan va 6 mart kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – “Lokomotiv” bahsiga 25328 (!) nafar tomoshabin tashrif buyurgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!