
"Navbahor"ning yangi futbolchisi jamoa safiga qo‘shildi
Bir necha kun oldin O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov Janubiy Koreyaning "Kanvon" klubidan ketgani va "Navbahor" bilan shartnoma imzolagani borasida xabar berib o‘tgandik.
Samvel Babayan boshchiligidagi "lochinlar" Turkiya yig‘inini yakunlab yurtimizga qaytib keldi. Avvalroq O‘zbekistonga etib kelgan Rustam Ashurmatov shug‘ullanib turish maqsadida "Qo‘qon-1912" yig‘inida qatnashayotgandi. Bugundan himoyachi yangi jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, Rustam Ashurmatov 2019 yili legionerga aylandi. U dastlab "Kvandju" jamoasi safida harakat qildi. U erda 2 yil faoliyat yuritgach, 2021 yili "Kanvon" klubiga o‘tgandi.
Fikrlar