Navbat Messiga...

  • 11 may, 2021, 07:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning hujumkor futbolchisi Rahim Sterling mashhur o‘yinchilarning futbolkalarini jamlashni xush ko‘radi. U hozirgi paytda faqat bir yulduzning libosini olishni orzu qilyapti.

Tecno

- Men futbolkalarni kollektsiya qilaman, lekin ko‘rgazma uchun namoyish qilmayman. Uyimga mehmon bo‘lib kelgan odamlar mening futbolchiligimni bilishini yoqtirmayman. Xonadonimda oilaviy muhit bo‘lishini xohlayman.

Faoliyatimni yakunlaganimda o‘zimga qarshi o‘ynagan eng yaxshi futbolchilar libosini saralab olib, sovrinlar bilan alohida bir xonaga namoyish uchun qo‘yib qo‘yaman.

Hozir faqat Lionel Messining futbolkasini olishni orzu qilyapman. “Barselona”ga qarshi o‘ynaganimizda men Neymar bilan kiyim almashdim. To‘g‘risi, men umrimda birinchi bor boshqa futbolchidan futbolkasini so‘radim, - deydi Sterling.

Sterling “Manchester Siti” safida Angliya chempionligini nishonlashga yaqin turibdi. Shuningdek, “shaharliklar” o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi finaliga yo‘llanmani naqd qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!